22
noyabr
2024
Texnikum haqida asosiy ma'lumotlar
Toshkent inson resurslari va mehnat muhofazasi texnikumi
- 2-Toshkent yuridik kolleji O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining 1967 yil 5 avgustdagi 427-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan Huquqshunoslik ijtimoiy ta’minot texnikumi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 14 avgustdagi “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 338-sonli qarori, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2003 yil 30 sentyabrdagi 233-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2003 yil 24 noyabrdagi 161-sonli buyrug‘lariga binoan 2-Toshkent yuridik kollejiga aylantirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil31 dekabrdagi 1066-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 31 yanvardagi 33-ICH buyrug‘i bilan Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji etib qayta ixtisoslashtirildi. - O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2024-yil 16-oktabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident PF-158-son muvofiq Toshkent xodimlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji Toshkent inson resurslari va mehnat muhofazasi texnikumiga aylantirildi.