вписать адрес сайта
               
Сайтнинг махсус талқини
11
noyabr
2024

Kasbiy ta'lim muassasalari direktorlari uchun o'quv seminarlari boshlandi

  • 2024-yil 11–20-noyabr kunlari alohida tasdiqlangan grafikka asosan Respublika miqyosida kasbiy ta’lim muassasalari direktorlari uchun Prezidentning PF-158-son (16.10.2024-y.) Farmon mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan o‘quv seminarlar o‘tkazish belgilangan.
Bugun, 11-noyabr kuni vazirlik huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish institutida Toshkent shahar hamda Toshkent, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarining 200 nafarga yaqin kasbiy ta’lim muassasalari direktorlari uchun seminar o‘tkazildi.

Dastavval, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev davlatimiz rahbari tomonidan kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish hamda uning faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha berilgan topshiriqlari ijrosini sifatli ta’minlashda barcha rahbarlar mas’uliyati yanada oshganini ta’kidladi.скачать dle 12.0