29
noyabr
2024
Yong`in xavfsizligi oyligi
Toshkent inson resurslari va mehnat muhofazasi texnikumida "Yong`in xavfsizligi oyligi" munosabati bilan 2024 yil 29 – noyabr kuni Chilonzor tumani FVB bilan hamkorlikda o`quv – taktik mashg`ulot tashkil etildi. Unda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yong'in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ro'y berganda to'g'ri harakat qilish, o't o'chirgichlardan foydalanish tartiblari shuningdek, is gazi, gaz-havo aralashmasi chaqnashi holatlarining oldini olish bo'yicha tushuntirishlar berilib, o`quvchilarning bilim va ko'nikmalari mustahkamladi.