вписать адрес сайта
               
Сайтнинг махсус талқини
» » » Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish istagidagi yoshlar uchun qulay imkoniyat
15
dekabr
2024

Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish istagidagi yoshlar uchun qulay imkoniyat

Oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish istagidagi yoshlar uchun qulay imkoniyat

"Toshkent yoshlarni sevadi" oyligi doirasida o‘tkazilayotgan navbatdagi tadbir bitiruvchilar uchun o‘quv forumi shaklida o‘tkazildi.

Poytaxtimizda joylashgan "Alpomish" muz saroyida Toshkent shahridagi Top 100 ta oliy ta'lim muassasalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov, Toshkent shahar hokimi o’rinbosari D.Raximova, Toshkent shahar Oliy ta'lim, fan innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i B. Radjabov hamda oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish istagidagi yoshlar o‘zlari qiziqqan ta'lim muassasalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

Bunda turli oliygohlardan tashrif buyurgan yuzga yaqin vakillar yoshlar e'tiboriga taqdimotlar namoyish qilib, ishtirokchilar savollariga batafsil javob berdi.

✅Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi axborot xizmatiскачать dle 12.0