вписать адрес сайта
               
Сайтнинг махсус талқини
» » » Kasbiy ta’lim muassasalari direktorlari Sirdaryo viloyatidagi Shirin energetika texnikumiga tashrif buyurishdi.
23
yanvar
2025

Kasbiy ta’lim muassasalari direktorlari Sirdaryo viloyatidagi Shirin energetika texnikumiga tashrif buyurishdi.

Joriy yilning 23-yanvar kuni Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda bir guruh Kasbiy ta’lim muassasalari direktorlari Sirdaryo viloyatidagi Shirin energetika texnikumiga tashrif buyurishdi.

Uchrashuv davomida Shirin energetika texnikumi mas’ullari delegatsiya a’zolariga texnikumning ta’lim va o‘quv amaliyot xonalari, sohaga oid zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan yaqindan tanishtirdilar.

Tashrif doirasida texnikum faoliyati, yutuq va tajribalari ham muhokama qilindi. Mazkur texnikum energetika sohasi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bilan bir qatorda ta’limning zamonaviy talablarga mosligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.




скачать dle 12.0